“2011 yilda turmuş qurdim. Kelajak hayotim qiyinçilik va muhtojlikda ötişini bilsam-da, özim istamagan insonga turmuşga çiqdim. Unda zarraça könglim bölmagan. Erimning ota-onasi ança yillar oldin vafot etişgan. Töy qilişga puli bölmagani uçun unaştiruvimizdan keyin beş yil ötib ketdi.  

Töyning ertasi kunidan azobli kunlarim boşlandi. Erim mast holatda kelib, heç bir sababsiz meni döpposlay ketdi. Bu holat bora-bora odatga aylanib qoldi. Kelin bölib tuşgan xonadonimda men va erimdan taşqari ovsinim va ikki qaynoğam ham yaşardi. Erim menga uylanişidan oldin ham köp içardi. Jigarlari uni bu yöldan qaytariş uçun astoydil harakat qilişmagan. Doim mast bölib, keçalari köçada qolib ketavergani, qöni-qöşnilar oldida ularni izza qilgani uçun ham aka-ukalari uni unçalik xuşlamasdi”.

(Ozoda Eşqobilova, 33 yoş)

“Erim içib kelgan vaqtlarida meni uravergani öz asoratini körsata boşladi, soğligim yomonlaşdi. Bir oy töşakka mixlanib qoldim. Davolanişimgayam köp xarajat ketib qoldi. Erim muolaja pullarini tölaş u yoqda tursin, şifoxonaga borib, hol-ahvol söraşga ham yaramadi. Hamma xarajatlarni öğlim işlab töladi, yetmaganiga qarz oldik. Qarzlarni ham tölaş, yaşaş şaroitimizni yaxşilab oliş uçun öğlim Rossiyaga ketişga qaror qildi...

(Aziza Ğaniyeva, 47 yoş)

Yuqoridagi holatlar har kuni (balki har soatda) özbek ayollari bilan sodir bölyapti. Bu vaziyat mentalitetimizga singib, qorişib ketganidan odatiy holga, ayrim oilalarda turmuş tarzining bir qismiga aylanib ulgurdi. Yangi hayot ostonasida turgan qizlarga ham gohida bölajak er tomonidan, gohida bölajak muştlarga qarşi “immunitet” şakllantiriladi. Afsuski, bu holat özbekona tarbiyaning bir bölagi hisoblanadi.  

“Susambil” davlatida...

Ayol va uning gözalligi haqida minglab aş'orlar eşitganmiz. Ammo har tökisda bir ayb deganlaridek, “guruçda kurmaklar ham körinib qoladi”. Jamiyatda eng razil illatlardan biri ham ayollar manfaatini sönggi örinlarga qöyişdir. “Maişiy zöravonlik” atamasi bilan ifodalanuvçi bu tuşunça jamiyatning haqiqiy boşoğriği, desak mubolağa bölmas. Masalan, Samarqanddagi 25 yoşli ayolning eri tomonidan ayovsiz kaltaklanişi videosi tarqalişi keng jamoatçilik e'tiborini tortdi. Bunday holat yana qançadan-qança oilalarda röy bermoqda.