2020 yilning 9 sentabr kuni 14:00da Toşkent viloyati Örta Çirçiq tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir jarayonida, tumanning Mustaqillik mahallasi hududidan ötgan Avangard-Örtasaroy avtomobil yölida 21 yoşli J.S. özi bilan olib kelgan qora rangli polietilen paketga solib qadoqlangan ötkir hidli ösimlikni 2 200 000 sömga sotgan vaqtida uşlangan va mazkur ösimlik hamda J.S.dan 2 200 000 söm pullar aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertizaning xulosasiga köra, fuqaro J.S.dan olingan ösimlik tarkibida tetrogidrokannabinol aktiv giyohvandlik moddasi bölgan höl holatdagi vazni 5 kg. 053 gramm marixuana ösimligi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Örta Çirçiq tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan J.S.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (Giyohvandlik vositalari köp miqdorda ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda sotiş) jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida J.S. ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.