Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Inter» Vidal transferini e'lon qildi
«Barselona»ning chililik yarimhimoyachisi Arturo Vidal Italiya A Seriyasiga qaytdi.
Milanning «Inter» klubi 33 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgani haqida e'lon qildi. Ammo shartnoma shartlari va transfer qiymati ma'lum qilinmagan.
Avvalroq, Milan klubi Kataloniya jamoasiga Vidal transferi uchun 1 million yevro to‘lashi, Arturo «Inter»da yillik 6 million yevro maosh olishi haqida xabar qilingan edi.
Kelishuv 2020 yil yoziga qadar tuzilgan va tomonlar hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.
Vidal «Barselona» safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi, ungacha «Kolo-Kolo», «Bayyer», «Yuventus» va «Bavariya» kabi klublar sharafini himoya qilgan. 2007 yildan buyon Chili terma jamoasi a'zosi hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:09 / 09.02.2026
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
01:49 / 01.06.2025
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
16:34 / 31.05.2025