Polşa mahsulotlari Belarusga kiritilmayapti, deb xabar berdi Polşaning Wyborcza gazetasi.

"Keçadan buyon Belarus bojxonasi Polşa bilan çegarada mislsiz tekşiruv ötkazmoqda. Belarus hududiga Polşada işlab çiqarilgan heç qanday mahsulotni olib kiriş mumkin emas", - deyiladi xabarda.

 Naşrning yozişiça, bojxonaçilar öz harakatlariga heç qanday izoh berişmayapti.

Gazetaning fikriça, bu "Belarus muxolifatini qöllab-quvvatlagani uçun polşaliklarga berilgan jazo bölişi kerak".

"Belarus Rossiya, Armaniston, Qozoğiston va Qirğiziston bilan Bojxona ittifoqiga kiradi. Çegaradagi har qanday qöşimça çeklovlar uşbu davlatlar tomonidan va barça çegaralarda qabul qilinişi lozim. Polşa mahsulotlari faqat Polşa-Belarus çegarasidagina ötkazilmayapti", - deya qayd etadi naşr.

 Avvalroq Aleksandr Lukaşenko Belarus Ukraina, Litva va Polşa bilan çegaralarini yopişini e'lon qilgandi.