Vladimir Putin videomurojaatida koronavirus pandemiyasi, jahon savdosidagi sanksiyalarni bekor qiliş muhimligi, kosmosga qurol joylaştirişni taqiqlaş zarurati va BMT Xavfsizlik kengaşi a'zolarida veto huquqi saqlab qolinişi kerakligi haqida gapirgan.
BMT barça davlatlarning manfaatlarini hisobga olişi kerak
Putin BMT özining asosiy missiyasi — tinçlikni himoya qiliş va hududiy inqirozlarni hal qilişda yordam berişni munosib uddalayotganini qayd etib ötgan. U taşkilot «qotib qolmasligi» kerakligi, reallikka moslaşişi kerakligini ta'kidlab ötgan. Putin BMT Xavfsizlik kengaşi barça davlatlarning manfaatlarini hisobga olişi kerakligi, lekin xavfsizlik kengaşidagi beş davlatning veto huquqi saqlab qolinişi lozim deb hisoblaşi haqida gapirgan.
«Ikkinçi jahon uruşida ğolib çiqqan beşta yadroviy davlatning bu huquqi bugungi kunda ham haqiqiy harbiy-siyosiy muvozanatni ifodalaydi. Asosiysi, bu bir tomonlama harakatlarga yöl qöymaydigan zarur vositadir», degan u.
Pandemiyadan keyin iqtisodiyotni tiklaş uçun nostandart qarorlar talab etiladi
Putin hozirça Covid-19 pandemiyasi tufayli röy bergan «zarba kölami»ni aniq hisoblaşning imkoni yöq deb hisoblaydi. Uning baholaşiga köra, global iqtisodiyot tiklanişi uçun köp vaqt talab etiladi — buning uçun noodatiy vositalardan foydalaniş kerak. Putin Rossiyaning oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib beriş uçun «yaşil yölaklar» taşkil etiş böyiça taklifini eslatib ötdi.
«Ha, umuman olganda jahon savdosini tösiqlar, taqiqlar, çeklovlar, noqonuniy sanksiyalardan tozalaş işsizlik qisqarişi va global ösiş tiklanişi uçun yaxşi yordam berişi mumkin», degan u.
Raqamli texnologiyalar ekstremistlar va radikallar qöliga tuşişi mumkin
Putin kiberxavfsizlik sohasidagi muammolar töğrisida ogohlantirdi. U raqamli texnologiyalar ham oddiy qurollar kabi radikallar va ekstremistlar qöliga tuşişi mumkinligiga e'tibor qaratdi. Putin insoniyat faravonligi uçun yangi texnologiyalardan foydalanişni örganiş lozimligini qayd etgan.
«Ammo, boşqa har qanday innovatsiyalar singari, raqamli texnologiyalar ham nazoratsiz ravişda tarqaladi va oddiy qurol kabi nafaqat mintaqaviy nizolar hududidagi, balki tinç davlatlardagi radikallar yoki ekstremistlarning qöliga tuşib qolib, bu katta xavf tuğdirişi mumkin», degan u.
Rossiya vaksinasi umidli çiqqan. U BMT xodimlariga tarqatilişi mumkin



















