Markaziy bank ma'lumotiga köra, umumiy taşqi qarz rezidentlarning norezidentlar oldidagi asosiy qarz va foizlarni tölaş talab qilinadigan majburiyatlarini aks ettiradi. Umumiy taşqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat. Umumiy taşqi qarzdagi özgarişlar tahlili şuni körsatdiki, 2013-2017 yillar davomida har ikkala sektorda ham qarzdorlikning ösişi kuzatilgan.
Biroq, 2018 yilda xususiy sektor taşqi qarzi kamayişi kuzatildi, bu esa öz navbatida neft-gaz va energetika sektori korxonalari tomonidan jalb qilingan qarzdorlik muddatining tugaşi bilan izohlanadi. 2019 yildan boşlab xususiy sektor taşqi qarzi asosan tijorat banklari tomonidan qarz olişning köpayişi hisobiga yana ösişni boşladi.

“2020 yilning I yarim yilligida davlat taşqi qarzi ösiş tendensiyasini saqlab qoldi. Uşbu jarayon COVID-19 virusining tarqalişi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini yumşatiş uçun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça davlat dasturlarini moliyalaştiriş uçun yangi qarzlarning jalb qilinişi bilan izohlanişi mumkin”, - deya ta'kidlab ötgan MB.

2020 yilning I yarim yilligida davlat sektori qarzdorligining ösişi 1,7 mlrd. dollarni taşkil qildi. Global pandemiya va iqtisodiy faollikning pasayişi sababli Özbekistonning suveren obligatsiyalari qiymati fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayişi natijasida 2020 yilning boşiga nisbatan kamaydi.
Banklar va iqtisodiyotning boşqa sektor korxonalari tomonidan qarz oliş hajmining oşişi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 mlrd. dollarga oşdi.
2020 yilning I yarim yilligida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,1 mlrd. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qiliş asosan banklar – 1,8 mlrd. dollar, tekstil va töqimaçilik sektori korxonalari – 71 mln. dollar va iqtisodiyotning boşqa sektorlari – 154 mln. dollar tomonidan amalga oşirildi.












