«Şu kunga qadar Peşku va Ğijduvon tumanlarida şamol salohiyatini örganiş uçun rejalaştirilgan 18ta meteorologik ustundan 10tasi örnatildi. Kelajakda yana 1000 MVt quvvatli şamol elektr stansiyalari quriladi», deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Şamol salohiyatini örganiş işlari joriy yilning avgust oyida boşlangan bölib, bu işlar 12 oy davomida olib boriladi.

Şamolning tezligi, yönalişi va davomiyligi, şuningdek, hududlardagi ob-havo şaroitlarining özgarişi kabi ma'lumotlarni ölçaş uçun 100 metr balandlikda maxsus datçiklar örnatiladi. 

Qayta tiklanuvçi energiya manbasi asosida elektr stansiyalarni quriş loyihasining umumiy qiymati 1 milliard AQŞ dollariga teng va bu töliğiça xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oşiriladi.