«Biz Afğonistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilamiz. 2018 yil mart oyida ötkazilgan Afğoniston böyiça oliy darajadagi Toşkent konferensiyasi afğon muammosini yeçiş uçun xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini safarbar etişda yangi bosqiç böldi.
Biz joriy yilning sentabr oyida Doha şahrida afğon siyosiy kuçlari örtasida boşlangan tinçlik muzokaralarini töla qöllab-quvvatlaymiz. Bu muzokaralar jafokaş afğon zaminida tinçlik va barqarorlik örnatişiga umid qilamiz.
Mintaqada iqtisodiy integratsiya jarayonlariga Afğonistonni keng jalb etiş maqsadida «Surxon – Puli Humri» elektr uzatiş tarmoğini, Mozori Şarifdan Hind okeani portlariga çiqadigan temir yöl qurilişi kabi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşirişga kirişdik.
Fikrimizça, Afğonistonda tinçlik va barqarorlik örnatiş masalalari Birlaşgan Millatlar Taşkilotining doimiy e'tibor markazida bölib qolişi zarur.
Faqat birgalikda va yaqin hamkorlik orqali biz afğon xalqining ezgu orzu-umidlarini röyobga çiqarişimiz mumkin. Bu borada «Beqaror va vayronkor vaziyatdan – tinçlik va bunyodkorlik sari» degan tamoyil asosida iş olib boriş muhimdir.
Şu boisdan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti huzurida afğon xalqining dardu taşvişini tinglaydigan, doimiy faoliyat körsatadigan qömita taşkil etiş lozim. Uşbu qömitaning asosiy vazifasi Afğonistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişiga kömak berişdan iborat bölişi zarur», dedi Şavkat Mirziyoyev.















