Kun.uz tegişli taşkilotlar bilan boğlanib, voqeaga oydinlik kiritdi.

Ma'lum bölişiça, bu holat 28 aprel kuni Samarqand tumani, Ohalik halqa yölidagi «Gulobod saxovati agrologistika» savdo kompleksida röy bergan. Xalq tilida bu majmua «Ekobozor» ham deyiladi.

Samarqand tuman hokimligi axborot xizmati tarvuzlarning yöq qilinişiga asosiy sabab — ularning iste'mol uçun yaroqsiz bölganini ma'lum qildi. Mahsulot bozor veterinariya xodimlari tomonidan yöq qilingan.

Savdo majmuasi rahbari ham holatni tasdiqladi. Uning aytişiça, tarvuzlar Eronda yetiştirilgan, uni Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi fuqarolar bozorga keltirib sotmoqçi bölgan. Ammo bozor veterinariya xodimlari tomonidan tekşirilganda, mahsulot tarkibida me'yordan ortiq darajada nitrat moddasi borligi aniqlangan. Bunday mahsulot iste'mol uçun xavfli bölgani bois, tegişli tartibda yöq qilingan.

Samarqand viloyat davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi axborot xizmati voqeada DSENM xodimlari iştirok etmagani, ammo bu kabi holatlar bozorlarda uçraşi tabiiy holat ekanini aytdi.

«Bozorlarda veterinariya xodimlari tomonidan ham mahsulotlar tarkibi tekşirib boriladi va sifatsiz çiqqan mahsulotlarni yöq qiliş amaliyoti oldindan bor», deyiladi DSENM ma'lumotida.