Farğona yöli köçasining Nukus köçasidan Sayxun köçasigaça bölgan qismi 2020 yil 24 sentyabrdan boşlab avtomobillar harakati uçun bir tomonlama yopiladi.
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga köra, şu munosabat bilan uşbu oraliqda harakatlanuvçi 7ta avtobus yönalişiga vaqtinçalik özgartirişlar kiritiladi.
12 va 81-sonli avtobus yönalişlarining Qöyliq bozori tomon harakati Nukus köçasidan Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayxun va Farğona yöli köçalari orqali özgartiriladi.
26 va 37-sonli avtobus yönalişlarining şahar markazidan qaytiş yönalişidagi harakati T.Şevçenko köçasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayxun va Farğona yöli köçalari orqali özgartiriladi.
68 va 93-sonli avtobus yönalişlarining Qöyliq bozori tomon harakati Istiqbol köçasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayxun va Farğona yöli köçalari orqali özgartiriladi.
Farğona yöli köçasidan Uysozlar köçasiga buriliş yopilganligi sababli, uşbu çorraha orqali harakatlanuvçi 2ta avtobus yönalişiga vaqtinçalik özgartirişlar kiritiladi.
12 va 68-sonli avtobus yönalişlarining şahar markazidan qaytiş yönalişidagi harakati Farğona yöli, Jarqörğon, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar köçalari orqali keyingi harakatlari öz yönalişlarini davom ettirgan holda vaqtinçalik özgartiriladi.
Yangi Qöyliq köçasidan Farğona yöli köçasiga çiqiş yopilganligi sababli uşbu çorraha orqali harakatlanuvçi 2 ta avtobus yönalişlariga vaqtinçalik özgartirişlar kiritiladi.
37 va 55-sonli avtobus yönalişlarining şahar markazi tomon harakati Yangi Qöyliq köçasidagi “2-oilaviy poliklinika” bekatidan söng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beşkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol köçalari, Farğona bozori köprik osti yöli, Farğona yöli-Jarqörğon köçalari çorrahasi, Farğona bozori köprik yöli va Farğona yöli köçalari orqali keyingi harakatlari öz yönalişlarini davom ettirgan holda vaqtinçalik özgartirildi.
Yönalişlar harakatiga kiritilayotgan vaqtinçalik özgartirişlar natijasida, yönalişlardagi qatnov vaqtlari va avtobuslarning oraliq interval vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortişi mumkin.
Köça-yöl tarmoqlarida avtomobillar harakatining vaqtinçalik çeklanişi holatlariga köra, yuqorida keltirilgan yönalişlar harakatiga qöşimça özgartirişlar kiritilişi mumkin, deyiladi ma'lumotda.










