Google xaritalarida muayyan hududda koronavirus tarqalganligini körsatuvçi yangi funksiya paydo böladi. Foydalanuvçilar uşbu funksiyani yoqib, muayyan hududda 100 ming kişiga neçta koronavirusga çaliniş holati töğri kelayotganini körişlari mumkin böladi.
Şuningdek, dasturda oxirgi 7 kun içida hududda koronavirus bilan boğliq raqamlar oşgani yoki kamayganini körsatuvçi belgilar paydo böladi.
“Yangi funksiya sizga dunyoda xavfsiz harakatlanişga yordam beradi. Siz öz hududingizda yangi koronavirusga çaliniş holatlari haqidagi ma'lumotni körişingiz mumkin”, deb yozilgan Google Maps’da va ma'lumotlar bir neçta manbalardan, jumladan Jon Hopkins universiteti, The New York Times naşri va “Vikipediya”dan olinişi qöşimça qilingan.
Uşbu funksiya 220 ta davlatda işlaydi. Ba'zi davlatlarda hattoki biror şaharning muayyan tumanidagi kasallaniş holatlari haqidagi ma'lumot taqdim qilinadi.
Google Maps’da koronavirus bilan boğliq yana bir qator yangilanmalar paydo bölişiga va'da qilingan.


















