Joriy yilning 26 avgust kuni Kun.uz saytida Javohir ismli bolaning sörovi bilan uning opasi Sevinç Saydullayevaning tibbiy muolajalarini ötkaziş uçun xayriya aksiyasi ötkazilgan edi.

“Yoşim 12da. Karantin davrida juda qiynaldik. Özim kunlik işga çiqaman. Odamlar nima iş bersa, qilib ketaveraman. Hozir iş ham kam. Menga opam bilan onam soğ-omon bölsa böldi. Topgan pulimni opamning dorisiga va uyga işlataman. Endi işlab, kiyim olişim kerak.

Qaniydi, qöy-mollarim bölganida, opamni davolatib, özimizga şu uyni sotib olardim” degan edi 12 yoşli Javohir.

Xayriya aksiyasi ötkazilgan qariyb bir oylik davr içida Javohirning orzulari deyarli uşaldi. Bugungaça saxovatli insonlar tomonidan uşbu oilaga 4 boş qöy, velosiped, muzlatkiç, elektropeç, televizor va boşqa anjomlar, Javohir uçun ust-boş hamda oila rözğori uçun oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Şuningdek, xayriya aksiyasi doirasida bemor Saydullayeva Sevinçning (Javohirning opasi) nomiga oçilgan plastik kartaga saxovatpeşa insonlar tomonidan ötkazilgan 192,5 mln söm miqdordagi pul mablağlari kelib tuşdi.

Fuqaro Salomat Örozova (Javohirning onasi) uşbu pullarga qizini davolatiş bilan birga özlari yaşab turgan Qirariq (Toşkent viloyati, Toşkent tumani) mahallasidagi xonadonlardan birini sotib olişni reja qilib turganligini ma'lum qildi. Suriştiruvlarimiz davomida ma'lum böldiki mazkur hududda 130 mln sömdan 200 mln sömgaça bölgan narxlarga Javohirning oilasi orzu qilgan uyni sotib oliş mumkin ekan. 

Kun.uz sayti uşbu oila nomidan xayriya aksiyasida iştirok etib, ozmi-köpmi öz hissasini qöşgan saxovatli insonlarga öz minnatdorligini bildiradi.