Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Buyuk Ipak yöli köçasi böylab yölni kengaytiriş rejalaştirilgani, şu sababli köp yillik çinor va boşqa daraxtlar kesib taşlanişi haqida ma'lumot tarqaldi.

Mirzo Uluğbek tuman hokimligi matbuot xizmati izohida aytilişiça, tumandagi Buyuk Ipak yöli markaziy köçasining “Salom” çoyxonasi yonidan ötuvçi qismida ta'mirlaş işlari olib boriladi.

Bildirilişiça, uşbu köçaning faqatgina “Salom” çoyxonasi oldidagi qayriliş qismida ta'mirlaş işlari olib boriladi. 

“Bunda, albatta, tabiatga zarar yetkazmaslik alohida ahamiyatga ega. Şuning uçun köçirilişi kerak bölgan daraxtlar boşqa joyga köçirilib ötkazilişini ma'lum qilamiz. Toşkent şahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining xulosasisiz biror bir daraxtga ziyon yetkazilmaydi”, - deyiladi izohda.

Ta'kidlanişiça, piyodalar ötiş yölaklari oldida bordyurlarning joylaştirilişi bilan boğliq holatlarning oldi olinadi.

“Hurmatli fuqarolar, barçasi uşbu çorrahadagi harakatlarni tartibga soliş va xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oşirilmoqda”, - deya yakunlangan ma'lumot.