Ma'lumki, kulolçilik, ya'ni gildan, tuproqdan sopol buyumlar, idişlar yasaş, bugungi kunda sanoat uslubida işlab çiqişga qadar rivojlandi. Uning tarixi minglab yillar uzoqqa borib taqaladi. Ya'ni kulolçilik eng qadimgi hunarlardan hisoblanadi.
Şu bilan birga, kulolçilikning turli mamlakatlarda öz yönalişlari bor. Ular bugungi kunda mamlakatlar nomi bilan boğlanadi. Turk, yapon kulolçiligi, koreys, xitoy va boşqa mamlakatlar kulolçiliklari orasida Özbekistonning Rişton tumani kulolçiligi ham öz örniga ega desak, mubolağa bölmaydi. Rişton kulolçilik maktabi mahsulotlari özining jimjimador, nafis, közni qamaştiruvçi naqşlari bilan kişini lol qiladi. Bir-birini takrorlamaydigan naqşlar bilan jilolangan közalar, laganlar, çoynak-piyolalar nafaqat milliy, balki xorijiy sayyohlarning ham e'tiborini öziga tortib kelmoqda.
Kun.uz muxbirlari Farğona vodiysiga safari çoğida Rişton tumanida ham bölib, 30 yildirki, kulolçilik bilan şuğullanib keluvçi maşhur usta kulol Ravşan Tojiddinov asos solgan “Koronda” kulolçilik işlab çiqariş markazida böldi hamda sopol idişlar yasaş jarayoni bilan tanişdi, uning körgazmalar zalida tomoşa qildi.

Kulollar sulolasi vakili Kimyoxon Qodirovaning aytişiça, oila 3 avloddirki kulolçilik bilan şuğullanib keladi.
«Bobomiz ham kulol bölganlar. Dadam va amakimlar ham kulolçilik qilişgan. Özimiz ham yoşlikdan uşbu hunarni örgandik. Garçi işimizning mehnati oğir bölsa-da, halol. Şuning ortidan şu darajaga erişdik», - deydi Kimyoxon Qodirova.

Uning sözlariga köra, bugungi kunda dunyoning Turkiya, Qozoğiston, Xitoy, Rossiya, Gretsiya kabi 10dan ortiq mamlakatiga mahsulotlar eksport qilinmoqda.
Korxonada 70 dan ortiq iş örni yaratilgan bölib, yana 300 dan ortiq kişi buyurtmalarni bajariş orqali uydan işlaş imkoniyatiga ega. Korxonada 3 xil: nuqtalik, mehrob va qoraqalam yönalişdagi naqşlar solingan idişlar işlab çiqiladi.




















