“Katta yigirmatalik” davlatlari yetakçilarining Saudiya Arabistoni raisligidagi sammiti 21-22 noyabrda onlayn-formatda ötadi. Bunday ma'lumot  G20 saytida e'lon qilindi.

Ta'kidlanişiça, sammit koronavirus tarqalişi ortida “hayotlarni himoya qiliş” va iqtisodiy ösişning tiklanişiga bağişlanadi. Tadbirda, şuningdek, pandemiya vaqtida aniqlangan zaif tomonlar bilan kuraşiş masalasi muhokama qilinadi. 

G20’da ma'lum qilinişiça, dori-darmon, vaksina işlab çiqarilişi, tarqatilişi va taqdim qilinişi uçun 21 mlrd dollardan köproq mablağ ajratilgan. “Katta yigirmatalik”, şuningdek, jahon iqtisodiyotini himoyalaş uçun yana 11 trln dollar yönaltirgan va eng kam rivojlangan davlatlar qarzlarini tölaşlarini töxtatişi böyiça dasturni işga tuşirgan.  

G20 tarkibiga quyidagi davlatlar kiradi: Argentina, Avstraliya, Braziliya, Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQŞ, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, JAR, Yaponiya, Yevropa ittifoqi.