Portal sahifasida ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga çalinganlar soni 7,6 mlndan köproqni taşkil qilmoqda. Umumiy hisobda pandemiya boşidan beri 33,185 mlndan köproq kişi koronavirus bilan zararlangan. Şu bilan birga 24,5 mlndan köproq kişi infeksiyadan soğayib ketgan.
Koronavirusdan ölim holatlari soni böyiça AQŞ 209 mingdan köproq holat bilan 1-örinda turibdi. Keyingi örinlarni Braziliya (141 mingdan köproq ölim), Hindiston (94,9 ming), Meksika (76,2 ming) va Britaniya (41,9 ming) egallamoqda.
Avvalroq JSST rahbariyati koronavirus qurbonlari soni 2 mlngaça ham yetişi mumkinligini, çunki samarali vaksinalar eng yaxşi vaziyatda bir neça oydan keyingina keng foydalanuvda paydo bölişini aytgan.
Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qarşi önlab vositalar işlab çiqilişning turli bosqiçlaridan ötmoqda. Ulardan kamida 5tasi çeklangan miqdorda qöllaş uçun sertifikatlangan, biroq hali ulardan birortasi ön minglab odamlarning emlanişini qamrab olgan ommaviy sinovlardan ötmagan.













