Uning sözlariga köra, 28 sentyabrdan bir qança hududlarda komendantlik soati joriy etiladi (soat 21:00dan soat 5:00gaça). Bunday rejim Boku, Ganja, Sumgayt, Yevlaxe, Mingyaçevir, Naftalan, şuningdek, Abşeron, Jabroyil, Fuzuliy, Beylagan, Tartar, Geranboy, Bardin, Ağdam, Geygel, Tovuz, Gazax va boşqa hududlarda amal qiladi.
«Komendantlik soati vaqtida fuqarolar köçada va boşqa jamoat joylarida maxsus ruxsatnoma va şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz bölişi taqiqlanadi. Farmonga köra, bir hududdan kiriş va çiqişga, şuningdek, transport harakatiga çeklov qöllanadi», degan prezident yordamçisi.
Yakşanba kuni tongida Toğli Qoraboğ va Armanistonda ham harbiy holat e'lon qilingandi. Öz navbatida, Ozarboyjon tomoni mamlakatda umumiy safarbarlikka hojat yöqligi, mamlakat qurolli kuçlari safida yetarliça askarlar borligini ma'lum qilgandi.
Yakşanba tongida Toğli Qoraboğ mojarosi yana keskinlaşa boşladi. Ozarboyjon tomoni Armaniston tomoni uyuştirgan artilleriya hujumlariga javob qaytarilganini ma'lum qilgan. Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan esa Ozarboyjon arman xalqiga uruş oçgani haqida gapirgan.













