2020 yilning 28 sentabr kuni soat 17:20larda Qirğiziston fuqarosi, 28 yoşli haydovçi Ş.L. boşqaruvidagi Volvo rusumli (Qirğizistonga tegişli) yuk avtomaşinasida Andijon viloyati Buloqboşi tumani Sanoat MFY, Gastrol köçasidan ötgan “Buloqboşi-Andijon” qatnov yölining “Buloqboşi” yönalişi böyiça harakatlanib kelayotgan bölgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, şu vaqtda u boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişga ötib ketib, yölning çetida harakatlanib kelayotgan piyodalar, 10 yoşli B.A. (qiz) va 3 yoşli K.N.ni (qiz) bosib ötib, şu yerdagi xonadonlarning biriga borib urilgan. YTH natijasida piyodalar B.A. va Q.N. hamda haydovçi Ş.L. vafot etgan.


Mazkur holat yuzasidan Buloqboşi tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.


Hozirda jinoyat işi kelgusi tergov harakatlarini ötkaziş uçun Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi iş yurituviga ötkazilgan.
“Hurmatli fuqarolar, yöllarda harakatlanganda belgilangan yöl-harakati qoidalariga hamda özingizning şaxsiy xavfsizligingizga rioya qiling”, - deyiladi ma'lumotda.

















