Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boşqariş töğrisida”gi qonuni loyihasi e'lon qilindi.
Davlat mulkini boşqariş maqsadi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş borasida davlat siyosatining asosiy yönalişlarini aniqlaş va amalga oşiriş uçun davlat mulkini boşqariş, foydalaniş va egalik qiliş huquqini röyobga çiqariş samaradorligini ta'minlaş hisoblanadi.
Davlat mulkini boşqarişning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bozor iqtisodiyotini şakllantirişga kömaklaşiş;
aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondiriş, soğligini saqlaş;
jamoat tartibi va davlat xavfsizligini ta'minlaş;
davlat qatnaşuvi qisqaradigan yoki çiqarib taşlanadigan tarmoq va sohalarda davlat manfaatlarini ta'minlagan holda iqtisodiyotga investitsiyalar, şu jumladan töğridan-töğri xorijiy investitsiya jalb qiliş uçun maqbul şaroitlar yaratiş;
işlab çiqariş va ijtimoiy infratuzilmani şakllantiriş va rivojlantiriş;
davlat iştirokidagi korxonalarni boşqarişning bozor mexanizmlarini yaratiş;
davlat iştirokidagi iqtisodiy noçor korxonalarni moliyaviy soğlomlaştiriş, ular faoliyati samaradorligini oşiriş.
Davlat mulkini boşqariş sohasida davlat siyosatining asosiy yönalişlari quyidagilardan iborat:
davlat mulkidan samarali va oqilona foydalaniş, uning töliq hisobga olinişini ta'minlaş;
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat mulkini samarali boşqariş böyiça yagona davlat siyosatini amalga oşiriş;
resurslarni samarali taqsimlaş orqali jamiyat uçun davlat mulkining qiymatini maksimal darajada oşiriş;
uni saqlab qoliş mezonlariga mos kelgan davlat mulkiga davlat tomonidan egalik qilinişi;
davlat iştirokidagi korxonalarga nisbatan nazorat va mulkdor funksiyalarini ajratiş.
Davlat mulkini boşqarişning prinsiplari qöyidagilardan iborat:











