«Turkiy kengaş boş kotibi Boğdod Amreyev Ozarboyjon Respublikasining bosib olingan hududlaridagi qurolli töqnaşuvlardan çuqur taşvişdaligini bildiradi.
Turkiy kengaş xalqaro huquq ma'yorlari va tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va Toğli Qoraboğ mojarosini Ozarboyjon Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xalqaro darajada tan olingan çegaralari daxlsizligi doirasida hal qilinişi muhimligini qayd etadi.
Şu munosabat bilan Turkiy kengaş BMT Xavfsizlik kengaşining 1993 yilda qabul qilingan rezolyutsiyasiga köra Armaniston Ozarboyjon Respublikasining bosib olingan hududlarini qaytarib berişi va bu hududlardan qurolli kuçlarini olib çiqişi kerakligi belgilab qöyilganini eslatgan.
Boş kotib qurolli töqnaşuvlar davomida insonlarning halok bölgani munosabati bilan Ozarboyjon xalqiga hamdardlik bildiradi va jarohatlanganlar tezroq soğayib ketişini tilaydi», deya taşkilot bayonotidan iqtibos keltirgan SalamNews sayti.
Eslatib ötamiz, 27 sentabr kuni tongda Toğli Qoraboğda Armaniston va Ozarbayjon örtasida harbiy ziddiyat yana keskinlaşdi. Ikki mamlakatda ham harbiy holat e'lon qilindi.
Şu kuni Özbekiston taşqi işlar vazirligi vaziyat yuzasidan öz munosabatini bildirib ötdi. Turkiya va Afğoniston bu mojaroda Ozarbayjonni qöllab-quvvatlaşni bildirgan.













