29 sentabr kuni Duşanbe şahrida Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Tojikiston Respublikasi boş vaziri Qohir Rasulzoda bilan uçraşdi.

«Tojikiston va Özbekiston ikki tomonlama munosabatlari yuqori darajadagi işonçdan dalolat beradi. Biz strategik hamkorimiz va işonçli qöşnimiz Özbekiston bilan mustahkam aloqalarni qadrlaymiz.
Tabiiyki, ikki tomonlama hamkorlikni bu darajaga yetkaziş va şu darajada uşlab turiş, avvalo, ikki davlat rahbarlari - Millat peşvosi, Tojikiston Respublikasi prezidenti, hurmatli Imomali Rahmon va Özbekiston Respublikasi prezidenti, hurmatli Şavkat Mirziyoyev örtasidagi samimiy, döstona va özaro hurmatga asoslangan munosabatlar tufayli erişilgan.
Fursatdan foydalanib, Tojikiston tomonining Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça «Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisining yuzma-yuz ötkazilayotganidan mamnunligini bildiraman. Fikrimizça, komissiya iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişning muhim va samarali omili sifatida faoliyat yuritmoqda.
Özbekiston hukumati delegatsiyasining bugungi taşrifi joriy yilning sentabr oyida munosabatlarga turtki beriş, şuningdek, ikki mamlakat hamkorligini kengaytiriş va mustahkamlaş borasidagi Tojikiston va Özbekiston örtasidagi tadbirlarning asosiy bandi sanaladi», degan Tojikiston boş vaziri.
U muvaffaqiyatli ötkazilgan qator çora-tadbirlar ikki tomonning ham munosabatlarni yuqori darajada uşlab turiş va kelgusida yanada rivojlantirişga tayyorligining nişonasi ekanini qayd etgan.

Tojikiston boş vaziri koronavirus tufayli sönggi yarim yilda ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi hajmi kamayganini aytib ötgan.
«Ötgan uç yil davomida Özbekiston bizning taşqi savdo hamkorlarimiz beştaligida barqaror mavqeni egallab kelmoqda. Tahlillarimizning körsatişiça, Özbekiston bilan savdo aylanmasi 2015 yildagi 12 million AQŞ dollaridan 2019 yildagi 362 million dollarga yetdi. Bu körsatkiç 30 baravarga oşgan.
Statistik ma'lumotlarga köra, 2020 yilning olti oyi davomida Özbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi 217 million AQŞ dollaridan ziyodni taşkil etgan. Bu esa savdo aylanmasi hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 14,2 million AQŞ dollariga kamayganini körsatadi. Şubhasiz, bu holat öz sabablariga ega bölib, koronavirus pandemiyasi bilan boğliqdir.











