«Barçamiz yaxşi bilamizki, insonning ongi va dunyoqaraşi, fikri özgarmasa, jamiyat özgarmaydi. Jamiyat özgarmagan joyda heç qanday ijobiy natija ham, taraqqiyot ham bölmaydi. Odamlarning ong-u tafakkurini özgartiruvçi kuç esa, heç şubhasiz, avvalo, öqituvçi-murabbiylar, oliygoh domlalari, ilm-fan arboblari, madaniyat va san'at, adabiyot namoyandalaridir.

Bugun biz yaşayotgan jamiyatga yangi fikr, yangi ğoya, eng muhimi, islohotlarni amalga oşirişga qodir bölgan yangi avlod kadrlari kerak. Har kuni seni nima qiynaydi, deb söraşsa, heç ikkilanmasdan kadrlar qiynaydi, kadrlar zaxirasi qiynaydi, deb javob beraman. Kadrlarni 25 yil avaylab-e'zozlab, «siz» deb parvariş qilmaganimiz uçun hozir u kadrlar bizda yöq», dedi davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyev xalqning mardona mehnati, öqituvçi va murabbiylarning jonbozligi tufayli ta'lim sohasini tubdan modernizatsiya qiliş böyiça köp iş qilingani, lekin bular – katta maqsad yölida taşlangan dastlabki qadamlar ekanini ta'kidladi.

«Biz ma'rifat borasida «iligi töq» xalqmiz. Ilm-fanga intiliş bizning qonimizda, bugungi til bilan aytganda, genimizda bor. Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş – beş-ön yilda böladigan iş emas. Buning uçun, avvalo, yuzlab, minglab iste'dodli kadrlar, fidoyi şaxslar kerak», dedi prezident nutqida.

Şuningdek, prezident Fanlar akademiyasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligiga bir oy muddatda Özbekistonda ilm-fan sohalarini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasini işlab çiqiş topşiriğini berdi.