Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 38 yoshli B.K. 2019 yilning iyul oyidan 2020 yiling may oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 5 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan jami narxi 147 925 500 so‘m bo‘lgan chorva mollarini pullarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishini va'da qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs chorva mollarni aldash yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash choralari ko‘rilmoqda.











