Jahon | 09:00 / 02.10.2020
9985
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘z maslahatchisida koronavirus aniqlangandan keyin karantinga ketdi

AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya koronavirusga topshirgan testlari javobi chiqquncha karantinga ketdi. Trampning test topshirishiga esa uning maslahatchilaridan biri Xoup Xiks koronavirus yuqtirib olgani sabab bo‘ldi.

Foto: AP

Xiks Trampga debatlar vaqtida hamrohlik qilgan.

“Dam olishlarsiz uzoq vaqt ishlagan Xoup Xiksda koronavirusga tahlil musbat natija berdi. Birinchi xonim va men o‘z tahlillarimiz javobini kutmoqdamiz. Ungacha biz karantinga rioya qilishni boshlaymiz!”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Bloomberg axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Xiks Trampga saylovlar bo‘yicha asosiy raqibi Jo Bayden bilan saylovoldi debatlarida hamda Minnesotada saylovchilar bilan uchrashuvida hamrohlik qilgan. 

Mavzuga oid