Kun.uz saytida va qator platformalarda kattaqörğonlik Gulira'no Maşğulotovaga yordam sörab xayriya aksiyalari uyuştirilgandi. Qizaloqning umri qisqa ekan, körsatilgan sa'y-harakatlarga qaramay 2 oktabr keçasida joni uzildi.

Gulira'no soğayib ketişi uçun juda köpçilik yordam qölini çözgan, Hindistonga borib operatsiya qilinişi uçun zarur mablağ yiğilayotgan edi. “Surunkali glomerulonefrit” taşxisi buyrak yetişmovçiligi asorati bilan keçgan, 9 yoşli qizaloq şişib ketgan va oğriqlardan azob çekayotgandi.

Afsuski Gulira'no Maşğulotovani xorijda operatsiya qiliş rejasi amalga oşmadi, qizgina bu dunyo azoblaridan qutilib, çin olamga rixlat qildi.

“Bizga yordam berganlarning barçasiga minnatdorçilik bildiraman. Allohning irodasi şu ekan... Qizim haqiga duo qiling”, – dedi otasi Jaloliddin Zoirov.

Kun.uz jamoasi barça yurtdoşlarimiz nomidan bu oilaga hamdardlik bildiradi va musibat onlarida sabr tilaydi.