Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qorabog‘ bu – Ozarboyjon!» – Aliyev Madagiz egallanganini ma'lum qildi
Ozarboyjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘dagi Madagiz qishlog‘ini egalladi. U yerga Ozarboyjon bayrog‘i o‘rnatilgan. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘zining tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Ozarboyjon armiyasi Madagizni egalladi va u yerga Ozarboyjon bayrog‘ini o‘rnatdi. Madagiz bizniki. Qorabog‘ bu – Ozarboyjon!», deb yozgan Aliyev tvitterdagi sahifasida.
Ma'lum bo‘lishicha, Aliyev armanlar Madagiz deb ataydigan qishloq nomini Sugovushan deb o‘zgartirgan. Bu hududning tarixiy nomlanishi hisoblanadi. Hudud Ozarboyjon tomonidan egallangani haqida mustaqil manbalar xabar bermagan. Ozarboyjonda esa Madagiz qaytarilgani haqidagi xabar katta bayramdek qabul qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda ozarboyjonliklar bu xabarni nishonlayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi.
Ma'lumot uchun, 27 sentyabrdan buyon Tog‘li Qorabog‘ uchun Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tmoqda. Ikki mamlakat uzoq yillardan buyon Tog‘li Qorabog‘ni o‘ziniki deb hisoblab keladi. Tan olinmagan hudud bo‘lgan Qorabog‘ SSSR davrida Ozarboyjon tarkibida bo‘lgan. Ozarboyjon tomoni Qorabog‘ni Armaniston bosib olganini ta'kidlaydi.
Mavzuga oid
18:33 / 17.07.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
17:50 / 14.07.2026
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
14:14 / 22.06.2026