Tramp videoni tvitterda joylaştirgan. U 4 daqiqaça davom etadi. AQŞ prezidenti videoda biroz toliqqan holda stol ortida ötirganini köriş mumkin. Videorolik qisqa vaqt içida millionlab namoyişlar töplagan.
Trampning ta'kidlaşiça, uning ahvoli markazda yaxşilangan.
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) October 3, 2020
“Men bu yerga kelganimda özimni unça yaxşi his qilmayotgandim. Hozir men ança yaxşiman. Keyingi ikki kun nima bölişini köramiz”, deb aytgan Oq uy rahbari.
“Men öz işimga qaytişim kerak, çunki biz Amerikani buyuk qilişni davom ettirişimiz lozim. Biz bu yönalişda köp narsaga erişdik, biroq hali oldinda qiladigan işlar bor. Öylaymanki, yaqinda işimga qaytaman”, deb ta'kidlab ötgan Tramp va saylovoldi kampaniyasini “yorqin” yakunlaşga umid qilayotganini qöşimça qilgan.
AQŞ prezidenti davlatlar yetakçilariga bildirilgan qöllab-quvvatlov va umuman unga soğayib ketişni tilagan barçaga minnatdorlik bildirgan.
“Biz bu koronavirusni tor-mor etamiz”, deb ta'kidlab ötgan Tramp.
AQŞ prezidentining ta'kidlaşiça, unga Oq uyda davolaş kursini ötiş taklif qilingan, biroq bunday variant uni qoniqtirmagan. Trampning fikriça, unga öz işiga qaytişi uçun jadal va tez davolanişdan ötişi töğriroq böladi.
Bu orada Trampning soğliğidan xabardor manba prezidentning oxirgi soatlardagi ahvoli “xavotir tuğdirayotgani” va keyingi 48 soat uning soğayişida hal qiluvçi onlar bölişini aytgan.













