Uçraşuvning ilk daqiqasidayoq Marsiyal penalti işlagan va Fernandeş hisobni oçgan bölsa-da, 4-daqiqadayoq Ndombele mezbonlar himoyasidagi kulguli xatoni golga aylantirgan bölsa, 7-daqiqada Son Xyon Min mehmonlarni hisobda oldinga çiqardi – 1:2.

28-daqiqada boş hakam Marsiyalni Lamelaga nisbatan qöpolligini çetlatiş bilan baholagaç, son jihatdan köp bölgan Mourino jamoasini töxtatib bölmadi.

Keyn va Son dubl qayd etgan bahsda London klubi «Old Trafford»dan 6:1 hisobidagi tarixiy ğalaba bilan qaytdi.

«MYu» Premer-liga doirasida sönggi marta 2011 yilda «Mançester Siti»ga xuddi şu hisobda mağlub bölib, eng yirik hisobdagi mağlubiyatni tan olgandi.

Bu ğalabadan keyin «Tottenhem» 7 oçko bilan 5-öringa çiqqan bölsa, «MYu» 3 oçko bilan 16-öringa tuşdi.

APL. 4-tur
Mançester Yunayted – Tottenhem 1:6
Gollar: 1:0 – 2, penalti Brunu Fernandeş, 1:1 – 4 Ndombele, 1:2 – 7 Son Xyon Min, 1:3 – 30 Keyn, 1:4 – 37 Son Xyon Min, 1:5 – 51 Ore, 1:6 – 79, penalti Keyn.
Mançester Yunayted – De Xea, Bayi, Şou, Maguayr, Uan-Bissaka, Matiç (Maktomini, 46), Brunu Fernandeş (Fred, 46), Pogba, Marsyal, Reşford, Grinvud (van de Bek, 68).
Tottenhem – Loris, Regilon, Sançes, Ore, Dayyer, Xeyberg, Sissoko, Lamela (Lukas Moura, 46), Ndombele (Alli, 69), Son Xyon Min (Devis, 73), Keyn.
Ogohlantirişlar: Lamela (32), Bayi (63), Şou (84).
Çetlatiş: Marsyal (28).