Litva Belarusdagi elçisini maslahatlaşuv uçun çaqirtirib olişga qaror qildi. Bu haqda Litva taşqi işlar vaziri Linas Linkyaviçyus ma'lum qildi.

"Belaruslarni qöllab-quvvatlaşni saqlab qoliş hali ham muhim ahamiyatga ega. Bu aloqa kanallarini uşlab turiş uçun muhim sababdir. Şu bois Litva Polşa bilan muvofiqlikda Minskdagi elçisini maslahatlaşuv uçun çaqirib oladi", - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Ikkinçi oktabr kuni Belarus taşqi işlar vazirligi Polşa va Litvaga Belarusdagi diplomatik xodimlari sonini 9 oktyabrgaça qisqartiriş taklifi berilganini xabar qilgandi. Belarusning Polşa va Litvadagi elçilari maslahatlaşuv uçun çaqirtirib olingan.

Belarus TIVning bildirişiça, bu Belarusning içki işlariga oçiqçasiga aralaşayotgan mazkur ikki davlatning "nodöstona oçiqça harakatlari" bilan boğliq.

Avvalroq Belarus hukumati mamlakatdagi norozilik namoyişlari xorijdan boşqarilayotganini bildirgandi. Prezident Aleksandr Lukaşenko Polşa, Çexiya, Litva va Ukrainani ana şu mamlakatlar sifatida sanab ötgandi.

Belarusda ommaviy norozilik namoyişlari 9 avgustda, prezident saylovida Lukaşenko oltinçi marta ğalaba qozonganidan söng boşlangandi.