Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinenida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U bu haqda özining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
"Duşanba kuni mening COVID-19ga topşirgan testim musbat çiqdi, simptomlar yöq. Karantin jarayonini boşlayman va amerika xalqi uçun masofadan turib işlayman", - deb yozdi u.
Makinenining ta'kidlaşiça, u bunga qadar muntazam ravişda, xususan, mamlakat prezidenti Donald Trampning maslahatçisi Houp Hiksda koronavirus aniqlangan payşanba kunidan buyon har kuni tekşiruvdan ötgan.
Eslatib ötamiz, Donald Tramp 2 oktabr kuni özi va rafiqasida koronavirus aniqlanganini xabar qilgandi. U oldinroq özi bilan saylovoldi taşviqot safarida birga bölgan maslahatçisi Houp Hiksda koronavirus aniqlangaç, karantinga ketgan edi.













