Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB sobiq rahbari Trampni AQSh prezidenti saylovi uchun eng katta tahdid deb atadi
Jon Brennanning so‘zlariga ko‘ra, Tramp haqiqatni buzib ko‘rsatishi bilan tanilgan va «u shunday qilishda davom etadi».
Amaldagi prezident Donald Tramp AQSh prezidentligiga bo‘lajak saylovlar uchun eng katta tahdiddir. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) sobiq direktori Jon Brennan Business Insider nashriga bergan intervyusida aytdi.
«Ayniqsa, Donald Tramp kampaniyasining g‘irromligi va faktlarni qasddan buzib ko‘rsatishda davom etayotgan tarmoqlar mavjudligi eng asosiy xatardir», — dedi MRB sobiq rahbari.
Brennanning so‘zlariga ko‘ra, Tramp haqiqatni buzib ko‘rsatishi bilan tanilgan va «u shunday qilishda davom etadi».
MRB sobiq rahbarining aytishicha, Rossiya Tramp prezidentligidan «nimaga umid qilgan bo‘lsa, barchasini oldi».
«Qo‘shma Shtatlar qanchalik zaif bo‘lsa va dunyo ko‘z oldida sha'nimiz qanchalik qora bo‘lsa, oxirgi 75 yil davomida o‘ynagan rolimizni o‘ynashga layoqatimiz shunchalik kam bo‘ladi», — dedi u.
Brennan MRBda yigirma yildan ortiq ishlagan, 2013 yildan 2017 yilgacha boshqarmaga rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid
21:12 / 18.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvi global bozorlarda jiddiy aks-sado bermadi
15:41 / 10.07.2025
AQSh maxsus xizmatlari sobiq rahbarlari ustidan tergov boshlandi
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
15:51 / 14.04.2022