Soha vakillarining aytişiça, taşqi reklama konstruksiyalari biznesidan ham davlat budjetiga yaxşigina soliq tuşumlari tuşadi.
Ayni paytda köçalardagi taşqi reklama konstruksiyalarini invertizatsiya qiliş, tozalaş va yangilaş işlari olib borilmoqda. Soha vakillari nomidan tahririyatga yöllanayotgan murojaatlar şuni körsatmoqdaki, ayni kunlarda uşbu sohada biroz tartibsizliklar, davlat vakolatli idoralari va biznes egalari örtasida tuşunmovçiliklar yuzaga kelgan.
Şu munosabat bilan Kun.uz reklama konstruksiyalari egalari va uşbu sohaga mas'ul davlat taşkilotlari vakillari örtasida oçiq munozara minbarini taşkil qildi va unda vujudga kelayotgan muammolar atrofliça muhokama etildi.
Özbekistonda reklama bozorini 1998 yilda qabul qilingan «Reklama töğrisida»gi qonun tartibga solib keladi. 2020 yil 20 fevralda Vazirlar Mahkamasining «Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida»gi qarori kuçga kirgaç, taşqi reklama konstruksiyalarini isloh qiliş boşlangan.
Tadbirkor Anvar Yöldoşevning aytişiça, qarorning köplab bandlari hozirça işlamayapti.

Bir neça yillardan beri reklama konstruksiyalari bilan işlab kelayotgan Baxriddin Ismoilxöjayevning aytişiça, konstruksiyalar örtasidagi oraliq masofa sabab qonuniy işlayotgan reklamaçilarning konstruksiyalari endilikda noqonuniyga çiqib qolmoqda.
«Sababi qonuniy örnatilgan reklama konstruksiyasi oldiga noqonuniysini örnatib ketişmoqda. Natijada ikkala reklama konstruksiyasi ham noqonuniyga çiqib qolmoqda», – deydi tadbirkor.

Bundan taşqari, ayni vaqtda hukumat tomonidan taşqi reklama konstruksiyalarini invertizatsiyalaş amalga oşirilmoqda. Bunda faqat qonuniy reklama bannerlari hisoblanib, noqonuniylariga teginilmayapti. Tadbirkorlar esa tekşirişda barça reklama konstruksiyalari qamrab olinişini istaşyapti.
Şuningdek, qaror böyiça taşqi reklama konstruksiyalarining köpçiligi monitorlar bölişi kerakligi aytilgan.



















