11. «Aston Villa», 82 mln yevro
Ötgan mavsumda Angliya çempionatida bazör «jon saqlab qolgan» uşbu klub transferlarga jiddiy e'tibor qaratdi va natijada APLning yangi mavsumi startini juda yorqin boşladi – uç öyinda uç ğalaba. Jamoaning 1-turda «Siti»ga qarşi uçraşuvi qoldirilgandi, 4-turda esa amaldagi çempion ustidan yirik hisobda ğalaba qozonildi. Transfermarkt ma'lumotiga köra, «Aston Villa» Olli Uotkins («Brentford», 30,8 mln), Bertran Traore («Lion», 18,4 mln), Emiliano Martines («Arsenal», 17,6 mln) va Metti Keş («Nottingem Forest», 15,7 mln) kabi futbolçilar uçun jami 82 mln yevro sarflagan. Uotkins «Liverpul» darvozasiga het-trik yölladi, bundan taşqari, çempion darvozasiga «Çelsi»dan ijaraga olingan Ross Barkli ham gol urdi. Şu bilan birga, «Aston Villa» öz futbolçilari sotuvidan pul işlamagan.
10. «Arsenal», 86 mln
Londonliklar klubi transferlarning sönggi kunida top-10ga kirişdi, dedlaynda «Atletiko»dan Tomas Parti 50 mln yevroga olindi. Yozgi transferlar davomida «Arsenal» Gabriel («Lill», 26 mln), Pablo Mari («Flamengo», 8 mln) va Runar Runarsson («Dijon», 2 mln) kabi futbolçilar transferi uçun ham pul sarfladi. Villian va Sedrik Soareş esa «kanonirlar» bilan erkin agent maqomida şartnoma imzoladi. Mikel Arteta klubning transferlar bozoridagi faoliyatidan rozi bölişi kerak, lekin ötgan mavsum oxirida Bernd Leno jarohat olganida klubni köp öyinlarda qutqargan Martines «Aston Villa»ga sotib yuborilgani xatodek körinmoqda. Argentinalik darvozabon sotuvi klubga 17,6 mln yevro keltirdi. Bundan taşqari, Lukas Torreyra «Atletiko»ga, Matteo Genduzi esa «Herta»ga ijaraga berildi.
9. «Atletiko», 90 mln
«Atletiko» bu safar prinsipial raqibi «Real»ni transferlarga pul sarflaş borasida ortda qoldirdi. Töğri, madridliklar «Çelsi»ga Alvaro Morata uçun ötgan yildagi kelişuv böyiça 56 mln yevro töladi, ammo uşbu hujumçi Diyego Simeonega kerak bölmadi. Forvard «Yuventus»ga bir mavsum uçun 10 mln yevro evaziga ijaraga berildi. Bundan taşqari, «Atletiko» Yannik Karraskoni «Dalyan Pro»dan 27 mln yevroga sotib oldi, Xorvatiyaning «Lokomotiv» klubidan darvozabon Ivo Grbiç 7 mln yevro evaziga olib kelindi. «Barselona» hujumçisi Luis Suares esa klubga erkin agent maqomida kelib qöşildi. Boşqa tomondan, «Atletiko» futbolçilarini ijaraga beriş va sotiş evaziga 72,8 mln yevro işladi.
8. «Inter», 97 mln
Antonio Konte öziga qadrdon bölgan «Yuventus»ni taxtdan tuşiriş uçun öz jamoasini qurişda davom etmoqda. Milanliklar klubi bu safargi transferlar oynasida Aşraf Hakimi («Real», 40 mln), Nikolo Barella («Kalyari», 25 mln), Stefano Sensi («Sassuolo», 20 mln), Andrea Pinamonti («Jyenoa», 8 mln), Darian Males («Lyutsern», 2 mln) va Aleksandr Kolarovni («Roma», 1,5 mln) sotib oldi. Arturo Vidal va ötgan mavsumni klubda ijara asosida ötkazgan Aleksis Sançes erkin agent maqomida «Inter» a'zosiga aylandi, şuningdek, «Parma»dan Matteo Darmian ijaraga olindi. Konte jamoasi A Seriya startidagi uç turda jami 10 gol urdi, ammo «Latsio»ga qarşi Rimdagi öyinda durang hisob qayd etilgan. «Inter» transferlar bozoridagi sotuvlardan 83,7 mln yevro işladi.












