Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik Tursunboy Rashidov olamdan o‘tdi
Akademik Tursunboy Rashidov 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Tursunboy Rashidov 1934 yil 27 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Olim respublikada mexanika sohasi rivojlanishida katta hissa qo‘shdi.
Tursunboy Rashidov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi», Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti sovrindori, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi bo‘lgan.

«Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Tursunboy Rashidovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi. Akademik Tursunboy Rashidovning vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz», - deyiladi Fanlar akademiyasi xabarida.