Keyinçalik Rossiya Ğarbiy harbiy okrugi bu ma'lumotni tasdiqladi: «7 oktabr kuni 13:20 lar atrofida (Toşkent vaqti bilan 15:20) Ryazan viloyati Jyeltuxina aholi yaşaş punktida joylaşgan Ğarbiy harbiy okrugning qurol-yaroğ ombori joylaşgan hududida quruq ötlar yona boşlagan. Şamol bilan olov artilleriya öq-dorilari saqlanayotgan hududgaça yetib borgan. Ayni damda harbiy qismning texnik hududida öq-dorilarning portlaşi kuzatilmoqda. Hududdan şaxsiy tarkib va fuqarolar evakuatsiya qilingan. Jarohatlanganlar yöq», deb okrug axborot xizmatining ma'lumotini keltirgan «Interfaks».

Ma'lum bölişiça, mahalliy öt öçiruvçilar yonğinni tezda öçirişga harakat qilişgan, lekin buning imkoni bölmagan. 5 km yaqindagi 14 ta aholi yaşaş punktidagi 2 ming kişi evakuatsiya qilingan. P-22 «Kaspiy» avtomobil yöli yopib qöyilgan. Bu Moskvadan Tambovga va boşqa janubiy hududlarga olib boruvçi yöl. «Interfaks»ga köra Skopinskdagi tibbiyot markaziga yonğindan jabrlangan ikki kişini olib borişgan. Rossiya FVV yonğinni öçiriş uçun mahalliy öt öçiruvçilar bilan birga maxsus öt öçiruvçi poyezdni ham jalb qilgan. Şuningdek, FVVning Il-76 samolyoti va vertolyotlar ham yonğinni bartaraf etişda qatnaşmoqda. 430 nafar qutqaruvçilar voqea joyida işlamoqda.