Qisqa muddatli lokdaunlar aholining himoyasini zaiflaştiradi, COVID-19 pandemiyasi davomiyligini uzaytiradi va ölimlar soniga oşişiga olib keladi, demoqda Edinburg universiteti ekspertlari. Tadqiqot natijalari haqida Sky News xabar berdi.

"Uşbu tadqiqot natijalari şuni körsatmoqdaki, zudlik bilan karantin joriy etilişi intensiv davolaş bölimlarida joyga bölgan yuqori talabni pasaytiriş nuqtai nazaridan samarali, ammo şu bilan birga u epidemiya çözilişiga, ayrim hollarda ölimlar soni oşişiga olib  keladi", - deya tadqiqotdan iqtibos keltiradi telekanal.

Olimlarning qayd etişiça, çeklovlar bekor qilinganida aholining katta qismi virus qarşisida ojiz qoladi, şuningdek, allaqaçon kasallik yuqtirganlar soni saqlanib qoladi. Bu esa epidemiyaning ikkinçi tölqiniga, keyinçalik yangi ölimlarga olib keladi, deb yozadi olimlar.

Ularning fikriça, koronavirusdan ölimlar soni bemorlar soniga emas, balki ularning yoşiga köproq boğliq.

"Karantin mavjud inqirozga çek qöyadi, ammo uzoq muddatli yeçim emas", dedi tadqiqot natijalarini izohlagan Edinburg universitetining yuqumli kasalliklar böyiça professori Mark Vulxaus.

Worldometers sayti ma'lumotlariga köra, dunyo böyiça koronavirus yuqtirganlar soni 36,4 milliondan oşgan, 1 milliondan ortiq ölim qayd etilgan.