Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya uşbu mamlakat hududida davlatlararo qidiruvga berildi. Bu haqda Belarus IIV matbuot kotibi Olga Çemodanova ma'lum qildi.

"Tixanovskayaga nisbatan davlatlararo qidiruv e'lon qilinganini tasdiqlayman. Ammo qanday iş doirasida qidiruvga berilganini Belarus Respublikasi tergov qömitasidan aniqlaşingiz mumkin", - dedi u.

 Tixanovskaya avvalroq Rossiya IIV tomonidan qidiruvga berilgandi. Advokat Dmitriy Agranovskiyning aytişiça, bu Ittifoq davlati doirasidagi oddiy jinoyat-huquq amaliyotidir.

Tixanovskaya Belarusda ötgan prezident saylovlarida iştirok etib, 10 foizdan köproq ovoz töplagan. Saylovlarda esa amaldagi prezident Aleksandr Lukaşenko ğolib deb e'lon qilingandi.

Tixanovskaya saylovlar natijalaridan norozi bölib, markaziy saylov komissiyasiga şikoyat arizasi topşirgan. 11 avgustda esa Litva taşqi işlar vaziri Linas Linkyaviçyus Tixanovskaya Litvada ekanini ma'lum qilgan. Uning işonçli vakili Olga Kovalkova ta'kidlaganidek, Tixanovskayani Belarusdan rasmiylar olib çiqqan va unda boşqa tanlov bölmagan.

Tixanovskaya taşabbusi bilan muxolifatning muvofiqlaştiriş kengaşi taşkil etilgani bilan boğliq holda Belarusda unga qarşi jinoiy iş qözğatilgan.