Qirğiziston poytaxtida favqulodda holat joriy etilişi munosabati bilan Bişkekka harbiy bölinmalar va texnika kiritiladi. Bu mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekovning farmonida körsatilgan.

 Farmonda aytilişiça, qurolli kuçlar boş ştabiga blok-postlar taşkil qiliş, qurolli töqnaşuvlarning oldini oliş, tartib saqlaş va aholini himoya qiliş maqsadida harbiy texnika bilan ta'minlangan jangovar bölinmalarni kiritiş topşiriği berildi. 

Bundan taşqari, Bişkek komendaturasiga ommaviy va sport tadbirlari, mitinglar, namoyiş va piketlar ötkazişni taqiqlaş, şuningdek, ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat örnatiş huquqi berildi.

Bişkek hududida aloqadan foydalanişning alohida tartibi joriy etilişi, transport harakati çeklanişi mumkin.

Qayd etilişiça, Bişkekda favqulodda holat rejimi 21 oktyabrgaça joriy etilgan.

5 oktabr kuni Bişkekda hukumatni qöllab-quvvatlovçi ikki partiya ğolib çiqqan parlament saylovlari natijalariga qarşi namoyişlar boşlandi. Namoyişlar tartibsizliklar va politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketdi. Bir neça yuz kişi jarohat oldi, bir kişi halok böldi.