Jahon | 14:26 / 10.10.2020
26844
2 daqiqa o‘qiladi

Yerevan va Boku bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi

Ozarboyjon va Armaniston 10 oktabr kuni soat 12:00dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi.

Foto: AFP

Armaniston va Ozarboyjon bir-birini bugun kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda ayblamoqda.

Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan Ozarboyjon quroli kuchlari e'lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qaramasdan «Karamaxbeyli yo‘nalishida hujum uyushtirgan»ini ma'lum qildi.  

 Shu bilan birga, Ozarboyjon mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari ayni vaqtda Ozarboyjon aholi maskanlarini o‘qqa tutayotganligini bildirdi.

«Dushman Terter va Ag‘dam rayonlari hududlarini o‘qqa tutmoqda», - deyiladi xabarda.

 Eslatib o‘tamiz, Ozarboyjon va Armaniston 10 oktabr kuni soat 12:00dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi.

 Bu boradagi bitim Moskvada Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari Jayxun Bayramov va Zograb Mnatsakanyan o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha imzolandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid