«Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi uyuşma boşqaruvi raisi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli jurnalist va şoir Sa'dulla Hakimov vafot etganini çuqur qayğu bilan ma'lum qiladi», deyiladi uyuşma matbuot xizmati xabarida.
Marhumning vafoti sababi ma'lum qilinmagan.
Sa'dulla Hakimov 1951 yil 25 martda Jizzax viloyatining Foriş tumanida tuğilgan.
1977 yili Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Ğallaorol tumanida öqituvçilikdan boşlagan. «Özbekistonda sotsial ta'minot» jurnali mas'ul kotibi, «Özbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi bölim mudiri, «Özbekiston ovozi» gazetasi bölim mudiri, «Özbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi mas'ul kotibi, «Ma'rifat» gazetasi boş muharriri, Özbekiston Respublikasi prezidenti devoni axborot markazi rahbarining örinbosari, rahbari, Özbekiston Respublikasi prezidentining Jamoatçilik bilan aloqalar böyiça davlat maslahatçisi örinbosari, Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktorining örinbosari, «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligi boş direktori, «Özbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi boş muharriri lavozimlarida işlagan.
Sa'dulla Hakimov vatan va yurt oldidagi xizmatlari uçun «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni (2002 yil), «Mehnat şuhrati» ordeni (2019 yil) bilan taqdirlangan.
U 2016 yilning 29 dekabridan Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi lavozimida işlab kelayotgandi.












