Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarni yöq qiliş tahdidi aks etgan audioyozuv böyiça munosabat bildirdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

“Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga tegişli audio va matnli axborot keng tarqaldi. Agar unga işoniladigan bölsa, şahar hokimi söz erkinligi va jurnalistlar şa'niga nisbatan, nafaqat egallab turgan lavozimiga, balki umuman insoniylikka töğri kelmaydigan sözlarni bildirgan.

Jurnalistlarimiz Uyuşma tomonidan “Telegramm” kanalida oçilgan “Özbekiston Jurnalistlari guruhi” sahifasida ham ijtimoiy tarmoqlarda J. Ortiqxöjayevga tegişli ana şu audio va matnli axborot paydo bölgan paytdan boşlab bunday munosabat madaniyatsizlik ekani haqidagi öz fikr-mulohazalarini bildirişmoqda.

Qöşimça qilib şuni alohida ta'kidlaymizki, Jurnalistlar uyuşmasi tegişli huquq-tartibot idoralari uşbu holat yuzasidan özlarining adolatli xulosalarini bildirişlari zarur, deb hisoblaydi. Inson şa'ni, jumladan jurnalist şa'ni va haq-huquqi himoyasi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan va uning har qanday buzilişlari qonuniy baholanişi lozim”, deyiladi Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi bayonotida.

16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarni yöq qiliş tahdidi aks etgan audioyozuvi tarqaldi.

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi birinçilardan bölib uşbu audioyozuvga munosabat bildirdi va bu holatni inson huquqlari va uning şa'ni, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlarining buzilişi deb hisoblab, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasidan uşbu holat yuzasidan himoyaviy çora körilişini söradi.

Xalq demokratik partiyasi esa Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarga tahdidini xalq va davlatga hurmatsizlik deb baholadi.