Bu yerda 130ta kottej ta'mirlanib, kommunikatsiya tarmoqlari tiklangan. Yangi mahalla guzari, savdo va maişiy xizmat şoxobçalari, kutubxona, sport majmuasi, içki yöllar qurilgan.
Prezident quriliş va obodonlaştiriş işlarini közdan keçirdi. Aholi bilan suhbatlaşdi.

«Bu yerga kelganimda vaziyat juda açinarli edi. Bu mening uyim, jigarlarim, farzandlarim, deb yuragimdan ötkazdim. Pul topiş, taşkil qiliş oson bölgani yöq. Xudoga şukr, hammasi ortda qoldi. Bu uylar sizlarga buyursin. Endi bu obodlikni asrab, yaxşi yaşab, yaxşi töylar qilinglar. Özi mening eng katta maqsadim - yoşlarni baxtli köriş», dedi davlat rahbari.
Mahallada «Nafis liboslar» tikuvçilik korxonasi ham taşkil etildi. Unda 50 nafardan ziyod xotin-qiz iş boşladi. Prezident ular bilan suhbatlaşdi.

«Xotin-qizlarga e'tiborni yanada kuçaytiramiz. Ayolni rozi qilolsak, jamiyatimiz fayzli böladi, hamma rejalarimizni amalga oşira olamiz», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Korxona kelgusi yili töliq quvvatga çiqqaç, yiliga 500 ming dona mahsulot işlab çiqariladi. Ularning bir qismini eksport qiliş rejalaştirilgan.
Davlat rahbari oilaviy poliklinikaga kirib, soğliqni saqlaş xodimlari bilan suhbatlaşdi. Tibbiyot bilan sport hamohangligini kuçaytirib, odamlarni soğlom turmuş tarziga odatlantiriş, aholining umrini uzaytiriş masalalari yuzasidan söz yuritildi.
«Köp yuriş bilan töğri ovqatlaniş madaniyatini yölga qöyib olsak, tibbiyotdagi 30-40 foiz masalani hal qilgan bölamiz», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bu boradagi tarğibotni kengaytiriş, rağbatlantiriş mexanizmlarini işlab çiqiş böyiça körsatmalar berildi.

















