Şu yilning 1 may kuni tongida Sirdaryo viloyatida joylaşgan «Sardoba» suv omborida öpiriliş yuzaga kelib, suv toşqini yuzaga kelgan, natijada Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi ön minglab aholi evakuatsiya qilingandi. Prezident tez fursatda voqea joyiga borib, talafot oqibatlarini bartaraf etib, hayotni tiklaş işlariga boş-qoş böldi.

«Sardoba» suv ombori töğonining yorilişi oqibatida 2 ming 211ta xonadon yaroqsiz va 2 ming 499tasi ta'mirtalab holatga kelib qolgan edi. Davlat rahbari öşanda bu ahvolni körib, vayron bölgan mahallalarni nafaqat oldingi holatiga qaytariş, balki undan-da yaxşi qiliş, hammaning havasi keladigan maskanga aylantirişga va'da bergan edi.

Şu maqsadda uçta hudud tanlanib, 50 gektar maydonda 86ta 5 qavatli uy-joy barpo etildi. Xususan, Sardoba tumani «Döstlik» mahallasida 37ta, Mirzaobod tumani «Haqiqat» mahallasida 40ta hamda Oqoltin tumani «Navbahor» mahallasida 9ta uy-joy qurildi. Ularda jami 2 ming 640 xonadon bor.

«Ilgari bu joylardagi köp uylarda tabiiy gaz yöq edi. Endi gaz, suv, elektr energiyasi va boşqa kommunikatsiyalar bilan ta'minlangan. Yana bir muhim tomoni – yangi uy egalarining avvalgi hovlilari ham özlarida qoldi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

«Suv toşqini juda katta talafot böldi. Ham fojia oqibatlarini bartaraf etiş, ham qisqa muddatda odamlarni rozi qilişimiz kerak edi. Bunga unça-munça davlatning doş berişi özi bölmaydi. Har bir odam bilan gaplaşdik. Vazirliklar, hududlarni jalb qilib, tezkor iş taşkil etildi. Sovuq kunlarga qoldirmasdan, oilalarni uy bilan ta'minlaşga erişdik. Eng katta masala - odamlarning könglidagi ğaşlik ketdi, ular rozi böldi», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari öşa qiyin kunlarda butun xalqimiz jipslaşib harakat qilganiga katta e'tibor qaratdi.

«Butun mamlakatimizdan mutaxassislar keldi. Bu yerda Qoraqalpoğiston va har bir viloyatning öz köçasi bor. Qudratimiz borligiga, birlaşsak, mehrli bölsak, köp işlarni amalga oşirişimizga hamma inondi», deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.

Köp qavatli uylar şinam, hovlilari obod. Bu mahalla «Yangi Özbekiston» deb nomlangan.