Manbaning yozişiça, Portugaliya milliy jamoasi ixtiyorida bölgan Ronalduning test natijalari musbat çiqqan bölsa-da, u koronavirusni alomatlarsiz ötkazmoqda. Futbolçining soğliğida muammolar yöq. Şunga qaramay, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasining 14 oktabr kungi Şvetsiyaga qarşi öyinini ötkazib yuboradi.
Ma'lumot uçun, 35 yoşli hujumçi 5 oktabr kuni «Yuventus»dan Portugaliya milliy jamoasi ixtiyoriga kelib qöşilgandi. Ronaldu Turin klubida joriy qilingan karantin çoralaridan norozi bölgandi.
La Gazzetta dello Sport’ning yozişiça, klubning ikki işçisida koronavirus aniqlangaç, rahbariyat qarori bilan jamoa futbolçilari klub qarorgohi yaqinidagi mehmonxonada özini yakkalaş tartibida alohida saqlangan. Bu orada futbolçilar ikki marta test topşirgan va heç kimda kasallik alomatlari aniqlanmagan. Oradan bir neça kun ötib futbolçilar joriy qilingan ehtiyot çoralariga köra uçinçi marta ham tekşirişdan ötişlari lozim bölgan. Ammo klub futbolçilari orasidan birinçi bölib Kriştianu Ronaldu milliy jamoa öyiniga öz vaqtida yetib boriş uçun özini yakkalaş tartibini buzgan va uçinçi tekşiruvni kutmay, klub ixtiyorini tark etgandi.













