Samarqandliklar uçun alohida loyihalar tayyorlandi.

Samarqand şahridagi Manresa restoranida Özbekistondagi birinçi osmonöpar bino Nest One'ning katta taqdimoti bölib ötdi. Ötgan yilning 14 sentabr kuni osmonöpar binoning turar joy majmuasi köçmas mulklarining, 15 noyabrdan esa ofis xonalari savdosi boşlandi. Şunday qilib, köpfunksional majmuaning alohida bölgan turli yönalişlarini işga tuşirgan holda, bugungi kunga kelib quyidagilar öz faoliyatini boşlab yubordi:

1. Nest One – turar joy majmuasi;

2. Nest One Offices – ofis xonalar;

3. Nest One Terrace – qulay va keng terrasalarga ega kvartiralar;

4. Gala by Nest One – bizning majmuamizning birinçi qavatidagi tijorat hududlari;

5. Smart by Nest – Samarqand uçun maxsus tayyorlangan, yangi loyiha.

Tadbirda Murad Buildings kompaniyasi asosçisi Murod Nazarov va Özgüven Mimarlik kompaniyasi egasi Ugur Ozer Ozguven iştirok etdilar.

«Biz buyuk me'morlar avlodlari bölgan uşbu xalqning oq fotihasini oliş uçun Samarqandga taşrif buyurdik. Nest One köplab samarqandliklarni qiziqtirib qolgani sababli, mazkur zaminga özimiz kelişga qaror qildik», - dedi, Murod Nazarov.

Ta'kidlab ötilişiça, şu kungaça Nest One loyihasining 58% sotildi. Smart by Nest loyihasidan taşqari, Gala tijorat hududidagi yangi şoxobçalar kabi yangi loyihalar tayyorlandi va Toşkent şahridagi savdo ofisiga taşrif buyurgan çoğingizda kompaniya Hilton mehmonxonasida töxtab, quriliş jarayonini öz közingiz bilan kuzatiş imkoniyatini sizga taqdim etadi.

«Hozirda bir turli xususiyatlarni özida mujassam etuvçi, yuqori texnologik loyihani bunyod etmoqdamiz. Özbekiston Turkiya kabi seysmik hududdir. Mamlakatimizda bu kabi va hatto bunga öxşaş loyihalar mavjud bölmagani sababli, bizda seysmik ma'lumotlar yetarli emas edi. Biz qisqa muddat içida xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda, ularni özimiz tekşirişga muvaffaq böldik. Uşbu ma'lumotlarga tayangan holda, biz xalqaro muhandislarning rahbarligida yuqori texnologiyali maxsus texnikalar yordamida quriliş işlarini boşlab yubordik», - dedi Ugur Ozer Ozguven.