14 oktabr kuni Toşkent şahar hokimligida Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi a'zolari, poytaxt deputatlari va boşqa mas'ullar iştirokida majlis bölib ötdi. Unda Mehribonlik uylari bitiruvçilari masalasida söz bordi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum bölişiça, sönggi 2 yildan buyon Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilariga 11-sinfni tugatganda BHMning 100 baravari miqdorida nafaqa tölanmay kelinmoqda.

Toşkent şahar Moliya boş boşqarmasining tuşuntirişiça, bunga sabab – tegişli Nizomga 2013 yilda özgartiş kiritilganidir.

2002 yilda qabul qilingan 1187-sonli Nizomga köra, töliq davlat ta'minotidagi yetim bolalarga ular barça turdagi umumta'lim maktablarini bitirib çiqayotganda va işga joylaşayotganda kiyim-boş, poyabzal va anjomlar sotib oliş uçun EKOIHning 100 baravarigaça miqdorda nafaqa beriladi.

Moliyaçilarning izohlaşiça, 11-sinflar bekor qilinib, kollej va litseylar joriy qilingani sababli 2013 yilda «11-sinfni bitirib» degan sözlar Nizomdan çiqarib taşlangan. 2018 yildan esa Özbekistonda 11 yillik umumiy ta'limga qaytildi.

«Agar Nizomga tegişli özgartiriş kiritilsa, Mehribonlik uyi bitiruvçilariga pul tölab beriladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligiga ham bizning boşqarmamiz tomonidan xat yöllangan. Vazirlar Mahkamasiga ham uşbu taklif kiritilgan. Nizomga özgartiriş kiritilsa, Mehribonlik uyidagilar işga kirgandan keyin ham pullari tölab beriladi», – dedi Toşkent şahar Moliya boş boşqarmasi vakili.

Toşkent şahar Xalq ta'limi boş boşqarmasi boşliği Avaz  Mamajonovning ma'lum qilişiça, 2015 yildan boşlab poytaxtdagi Mehribonlik uylarini bitirganlar jami 357 nafarni taşkil etadi. Şundan 75 nafari – 2020 yilda bitirganlardir.

«Ularning 10 nafari oliy ta'lim muassasalariga qabul qilindi. Bitiruvçilarning atigi 13 nafari iş bilan ta'minlangan. Işsiz yurganlar esa 30 nafarni taşkil etmoqda», – dedi poytaxt XTBB boşliği.