«Tabrik maktubida Qirğiz Respublikasi Boş vaziri Sadir Japarovga özaro manfaatli hamkorlikni barça yönalişlarda kengaytirişiga, şuningdek, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati uçun strategik şeriklikni yanada mustahkamlaşiga umid bildirilgan», deyiladi Özbekiston hukumati matbuot xizmati xabarida.

Ma'lumot uçun, 5-6 oktabr voqealari vaqtida namoyişçilar «Mekenchil» («Vatanparvar») partiyasi asosçisi bölgan Sadir Japarovni qamoqdan ozod qilişgandi. U 2013 yilda Qorakölda mitinglar uyuştirgani hamda Issiqköl gubernatori Emilbek Kaptagayevni garovga olgani uçun 2018 yilda 11,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Namoyişlar vaqtida şu yil yozidan buyon hukumatni boşqarib turgan Kubatbek Böronov iste'fo berdi.

6 oktabr kuni Qirğiziston parlamenti deputatlarining bir qismi Sadir Japarov nomzodini mamlakat boş vaziri lavozimiga tasdiqladi.

Ammo 13 oktabr kuni prezident Sooronbay Jeenbekov parlament qarori yuridik kuçga ega bölişi uçun deputatlarning yetarli soni unga ovoz berişi kerakligini aytib, Japarovni boş vazir sifatida tan olmadi.

14 oktabr kuni Qirğiziston parlamenti Sadir Japarovni yana bir bor boş vazirlikka tayinladi va bu safar prezident uning nomzodini qabul qildi.

Aynan uning talabi ortidan Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirğiziston prezidentligidan iste'foga çiqdi.