14 oktabr, chorshanba oqshomida Yevropada UYeFA Millatlar ligasi 4-tur doirasidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlar o‘tkazildi.

A liga 1-guruhi doirasida Italiya milliy jamoasi Niderlandiya bilan murosa yo‘lini tanlagan bo‘lsa, Polsha Levandovskining dubli evaziga Bosniya ustidan yirik hisobda zafar quchdi. Bu esa Polshaga guruh peshqadamligini taqdim etdi.

Millatlar ligasi. A liga. 1-guruh.

Italiya – Niderlandiya - 1:1
Gollar: 1:0 – 16 Pellegrini, 1:1 – 25 van de Bek.
Italiya – Donnarumma, Spinatssola, D`Ambrozio, Kellini, Bonuchchi, Barella, Jorjino, Pellegrini (Florensi, 72), Verratti (Lokatelli, 56), Keza (Kin, 55), Immobile.
Niderlandiya – Sillessen, Xatebur, van Deyk, Ake, Blind (Veltman, 77), de Yong, van de Bek, Veynaldum, de Vrey, de Yong, Depay.

Polsha – Bosniya va Gersegovina 3:0
Gollar: 1:0 – 40 Levandovski, 2:0 – 45 Linetti, 3:0 – 52 Levandovski.
Polsha – Shchensni, Glik, Bednarek, Kendzera (Bereshinski, 72), Retsa, Yuzvyak (Karbovnik, 72), Grositski (Kondzer, 64), Linetti, Guralski, Klix (Piontek, 64), Levandovski (Milik, 58).
Bosniya va Gersegovina – Shexich, Kolashinats, Tsipetich, Sanichanin, Axmedxojich, Pyanich (Xajikadunich, 32), Xajiaxmetovich (Xayradinovich, 74), Vishcha (Goyak, 58), Tsimirot, Krunich (Miloshevich, 73), Jyeko (Prevlyak, 58).
Chetlatish: Axmedxojich (14).

Guruhdagi vaziyat:

A liga 2-guruhi 4-turi doirasida Angliya milliy jamoasi o‘z maydonida Daniyaga kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Eriksenning penaltidan kiritgan goli daniyaliklarga g‘alaba keltirdi. Mezbonlar safida Maguayr maydondan chetlatildi.

Belgiya esa Lukakuning dubli evaziga Islandiyadan g‘alaba bilan qaytdi va o‘z guruhida 9 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi. 

A liga. 2-guruh. 4-tur. 14 oktabr

Angliya – Daniya 0:1
Gol: 0:1 – 35, penalti Eriksen.
Angliya – Pikford, Jyeyms, Uoker, Koudi, Meytlend-Naylz (Mingz, 36), Rays (Henderson, 76), Fillips, Maunt (Sancho, 73), Maguayr, Keyn, Reshford (Kelvert-Lyuin, 72).