Norma’ning yozişiça, bank filiallari va bojxona xizmati organlarining hududiy boşqarmalaridan axborot oladigan soliq organlari aniqlaştirildi - hududiy davlat soliq boşqarmalari va Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo davlat soliq inspeksiyasi.
Mezonlardan biriga tuzatiş kiritildi – rezident-jismoniy şaxs tomonidan jismoniy şaxslarning xorijdagi hisobvarağiga pul mablağlari ötkazmasi summasi. Agar bir kalendar yili davomida ötkazma summasi 100 mln sömdan ortiq bölsa (ilgari – ekv. $10 ming) banklar xabar berişlari kerak.
Valuta operatsiyalari töğrisidagi ma'lumot ilgarigidek yil boşidan ösib boriş tartibida emas, balki har hisobot oyi uçun alohida taqdim etiladi.
Bojxona organlari ham olib kirilayotganda, ham olib çiqilayotganda (ilgari – faqat olib kirilayotganda va oşirilganda) aniqlangan tovarning faktura qiymatini asossiz ravişda oşiriş va kamaytiriş holatlari töğrisida xabar berişlari kerak.
Valuta operatsiyalari (import böyiça tölov, bank hisobvaraqlariga ötkaziş) monitoring qilinişi lozim bölgan ofşor hududlar röyxati kengaytirildi. Unga Amerika Samoasi, Aruba, Gvatemala, Dominika, Kiribati, Monako, Normand Olderni oroli, Pitkern, San-Marino, Sen-Marten (Sint-Marten), Urugvay va Filippin kiritildi.
Monitoringning yangi mexanizmi joriy etildi. Olingan ma'lumotlarni örganiş çoğida soliq organlari elektron axborot bazalaridagi hamda özlarida mavjud boşqa ma'lumotlarga tayanadilar. Valuta operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi buzilganlik holatlari aniqlanganda, xöjalik yurituvçi sub'yektga sörovnoma yuboriladi:
- elektron şaklda soliq tölovçining şaxsiy kabinetiga – öqib çiqilgandan keyin, lekin uşbu sörovnoma jönatilgan sanadan e'tiboran 3 kundan keçiktirmay olingan deb hisoblanadi;
- agar sub'yektning şaxsiy kabineti mavjud bölmasa, poçta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi - u jönatilganidan söng 5 kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Sörovnomada körsatib ötilgan hujjatlar va axborotlar soliq organiga sörovnoma olingan kundan e'tiboran 5 iş kuni içida taqdim etilişi lozim.
Ular töliq bölişi kerak, aks holda soliqçilar qöşimça axborot va hujjatlarni taqdim etiş yuzasidan yangi sörovnoma yuboradi. Ayrim hollarda qöşimça axborot banklar va bojxona organidan sörab olinadi.

















