Majmua şou-rumida qurilişi boşlangan binolar, ularda böladigan şaroitlar haqida ma'lumot berildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning öquvçilari iştirokida yaratilgan dasturiy mahsulotlar namoyiş etildi.

Davlat rahbari Qoraqalpoğistonning Bözatov tumanidagi IT-markazda saboq olayotgan bolalar bilan videokonferensaloqa orqali muloqot qildi.

Mutasaddilarga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab bilan hududlardagi axborot texnologiya maktablari integratsiyasini ta'minlaş, yoşlarning zamonaviy texnologiyalarga qiziqişini töğri yönaltirib, yetuk mutaxassislar etib tayyorlaş böyiça körsatmalar berildi.

Galdagi bunyodkorlik işlarining borişi közdan keçirildi.

Mazkur zamonaviy majmua qurilişi ötgan yili 20 noyabrda boşlangan edi. Bu yerda bosqiçma-bosqiç 17 ta imorat, jumladan, 20-25 qavatli ofis binolari, 22 qavatli mehmonxona, universitet, konferensiya zali, kovorking markazi va boşqa obektlar barpo etiladi. Inşootlar 9 balldan yuqori zilzilaga çidamli böladi. Yer ostida 3 qavatli avtoturargoh quriladi. Majmua hududida kafe va restoranlar, dökonlar, masjid, sport maydonlari, dam oliş joylari ham böladi.

Uşbu IT-parkning dastlabki 2 ta binosi foydalanişga topşirilgan. Ularda eng zamonaviy qulayliklar yaratilib, istiqbolli startap loyihalarni qöllab-quvvatlaş böyiça inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari taşkil etilgan. IT-park rezidentlari sifatida röyxatdan ötgan korxonalar 2028 yil 1 yanvarga qadar soliqlar va bojxona tölovlaridan ozod etilgan.